
Xiva shahar turizm va madaniy me'ros texnikumida yangilik va o'zgarishlar juda ko'p. Jumladan Germaniyaning Gyote instituti bilan hamkorlikda tashkil qilinayotgan loyihalar yoshlarga katta imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Shu órinda Avgust oyida Mehmonxona xo'jaligini tashkil etish va boshqarish kunduzgi yo'nalishi 1 kurs talabalaridan 4 nafar iqtidorli qizlar 1 oy davomida Germaniyada amaliyot jarayonlarida qatnashib keldilar. Ular Germaniyaning Sankt Peter Ording shahrida bo'lib, Strandgut Resort mehmonxonasida nazariy bilimlarini amaliyotga qo'llab Xorij tajribalarini o'rganib keldilar.


Talaba qizlar Amaliyot hamda sayohat mobaynida órgangan bilimlarini va tasurotlarini biz bilan bo'lishdilar.