


2026-yil 5-may kuni Xiva turizm va madaniy meros texnikumida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbir davomida tashrif buyurgan 9-sinf va 11-sinf bitiruvchi oʻquvchilari texnikum faoliyati, mavjud ta’lim yo‘nalishlari, zamonaviy o‘quv xonalari hamda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.



Shuningdek, o‘quv jarayoni, amaliy mashg‘ulotlar va talabalarning yutuqlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Mehmonlar uchun qiziqarli taqdimotlar, ko‘rgazmalar va jonli muloqotlar tashkil etildi.Ushbu tadbir yoshlarning to‘g‘ri kasb tanlashida muhim ahamiyat kasb etib, ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam poydevor yaratishga xizmat qildi.
Xiva turizm va madaniy meros texnikumi – kelajagingiz sari ishonchli qadam!