


🌟 Muvaffaqiyatli start: O‘zbekistonning kasbiy ta'lim tizimida o‘z-o‘zini baholashni sinovdan o‘tkazish 🌟2025-yil mart-noyabr oylari VET4UZ loyihasi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Turizm qo‘mitasi bilan hamkorlikda Kick-off tadbirlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Ushbu tadbir mehmondo‘stlik sohasidagi 10 ta kasbiy ta'lim muassasasida o‘z-o‘zini baholash tizimini sinovdan o‘tkazishga bag‘ishlandi. Mazkur tashabbus O‘zbekistonning kasbiy ta'lim tizimida sifatni ta’minlash va uzluksiz takomillashtirish madaniyatini rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Nega aynan o‘z-o‘zini baholash?
O‘zbekiston kasbiy ta'lim tizimini modernizatsiya qilish jarayonida ta’lim va o‘qitish sifatini barqaror yaxshilash uchun ichki sifatni ta’minlash tizimini mustahkamlash muhim ahamiyatga ega. Trening davomida ta’lim muassasalari o‘z-o‘zini baholash usullarini faol o‘zlashtirib, quyidagilarga erishdilar:
🔹 O‘z faoliyatlarini tahlil qilish va rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash.
🔹 Uzluksiz o‘zgarish va takomillashish madaniyatini shakllantirish.
🔹 Eng yaxshi tajribalarni aniqlash, ulardan foydalanish va joriy etish.
🔹 Ta’lim sifati bo‘yicha mas’uliyatni oshirish.
Treningning asosiy natijalari
Tadbir davomida ishtirokchilar quyidagilarni o‘rgandilar va amaliyotga tatbiq etdilar:
✅ O‘z-o‘zini baholashni ichki sifatni ta’minlashning asosi sifatida tushunish hamda ta’lim muassasalari faoliyatini baholashning aniq yondashuvlarini ishlab chiqish.
✅ Texnik ko‘nikmalar (sifat standartlari, strategik rejalashtirish) va yumshoq ko‘nikmalarni (tanqidiy fikrlash, jamoaviy ishlash, muloqot) mustahkamlash.
✅ O‘z-o‘zini baholash rejalarini ishlab chiqish, jamoalarni shakllantirish va manfaatdor tomonlarni jalb etish bo‘yicha tizimli yondashuvlarni sinovdan o‘tkazish.
✅ Kasbiy ta'lim muassasalari o‘rtasida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish va sifatni oshirish bo‘yicha eng yaxshi usullarni muhokama qilish.
Natijalar va kelgusi qadamlar
Trening yakunida ishtirokchilar:
✔️ O‘z-o‘zini baholashning sifatni ta’minlash islohotlaridagi o‘rnini to‘liq anglab yetdilar.
✔️ O‘z muassasalarida o‘z-o‘zini baholash jarayonini joriy etish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqdilar.
✔️ Ma’lumotlarni tahlil qilish, jarayonlarni xaritalash va hujjatlashtirish bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘ldilar.
✔️ Sifatni ta’minlash bo‘yicha ishchi guruhlar va manfaatdor tomonlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirib, uzoq muddatli natijalarga erishish uchun asos yaratdilar.


Shveysariyaning VET4UZ loyihasi tashabbusi bilan «O‘zini o‘zi baholash orqali sifat madaniyatini shakllantirish: tajriba-sinov natijalari, yutuqlar va tizim darajasida joriy etish yo‘llari» mavzusida seminar tashkil etildi.Tadbir pilot texnikumlar, milliy va xalqaro ekspertlar hamda hukumat vakillarini bir joyga to‘plab, o‘zini o‘zi baholash jarayonida erishilgan yutuqlarni nishonlash, transformatsiya tajribalari bilan o‘rtoqlashish hamda tizim miqyosida keng joriy etish bo‘yicha keyingi qadamlarni belgilash imkonini yaratdi.
VET4UZ loyihasi doirasida sakkiz oy avval boshlangan o‘zini o‘zi baholash jarayoni pilot texnikumlarga sifatni ta’minlash bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish imkonini berdi va tahlil, hisobdorlik hamda dalillarga asoslangan takomillashtirish madaniyatini shakllantirdi.
🏆 Erishilgan natijalar:
• O‘zini o‘zi baholash - institutsional o‘zgarishlarni harakatga keltiruvchi kuch: pilot turizm texnikumlari bu samarali vosita orqali ta’lim muassasasida tizimli va dalillarga asoslangan sifat boshqaruvini joriy etish mumkinligini amalda ko‘rsatdilar.
• 25 dan ortiq milliy ekspert va Sifat elchilari loyihani kelgusida mamlakat miqyosida kengaytirish uchun tayyorlandi.
• Standartlashtirilgan o‘zini o‘zi baholash metodologiyasi va vositalari sinovdan o‘tkazilib, tizim darajasida qo‘llashga tayyor holga keltirildi.
• Hamkorlikda o‘rganish jamoalari tizimli o‘zgarishlar uchun mustahkam poydevor yaratdi.
Seminar hamkorlar va manfaatdor tomonlar uchun O‘zbekiston kasbiy ta’lim tizimida barqaro sifat madaniyatini shakllantirishga qaratilgan o‘zini o‘zi baholashni keng miqyosda joriy etish bo‘yicha strategik yo‘l xaritasini ishlab chiqish maydoniga aylandi.
Seminatda Xiva turizm va madaniy meros texnikumining Yoshlar bilan ishlash bo'yicha direktor o'rinbosari M. Xurmatova ham faol ishtirok etib sertifikatga ega bo'ldi.