×
09-окт 2025 yil 21

Xalqaro hamkorlik doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Hindistonda malaka oshirmoqda

   Turizm sohasini yanada rivojlantirish va xalqaro tajribani o‘rganish maqsadida O‘zbekiston delegatsiyasi, jumladan Xiva turizm va madaniy meros texnikumi o‘qituvchisi, Hindistonning Dehli shahrida o‘tkazilayotgan 10 kunlik xalqaro o‘quv dasturida ishtirok etmoqda.
   Mazkur dastur Dehli universiteti huzuridagi Continuing Education and Extension bo‘limi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, “Advancing Professional Competence in Tourism and Hospitality” nomi ostida o‘tkazilmoqda.

Dastur davomida ishtirokchilar:

⚡️ Jahon turizmidagi zamonaviy tendensiyalar, barqaror rivojlanish tamoyillari.

⚡️ Madaniy meros obyektlarini boshqarish.

⚡️ Raqamli marketing va turizm brendingi.

⚡️ Sun'iy intellekt bo'yicha milliy simpoziya.

⚡️ Mehmondo‘stlik boshqaruvi hamda mijozlar bilan ishlash madaniyati.

⚡️ Hindiston tajribasida ekoturizm va sog‘lomlashtirish yo‘nalishlari kabi mavzular bilan tanishmoqdalar.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech