

Joriy yilning 13–14-mart kunlari Xiva turizm va madaniy meros texnikumida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida keng qamrovli umumxalq hashari tashkil etildi.
Mazkur hasharni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ta’lim muassasasi hududini obodonlashtirish, atrof-muhitni toza va ozoda saqlash, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda jamoatchilikni ezgu bunyodkorlik ishlariga keng jalb etishdan iborat bo‘ldi.
Hashar tadbirida texnikum rahbariyati, pedagog xodimlar, texnik xodimlar hamda xizmat ko‘rsatuvchi ishchi-xodimlar faol ishtirok etdilar. Ishtirokchilar birgalikda jamoaviylik va hamjihatlik ruhida ishlab, hududni yanada obod va ko‘rkam holatga keltirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Hashar davomida texnikum hovlisi, o‘quv binolari atrofi, yo‘laklar, sport maydonchalari hamda yashil hududlar tozalandi. Quruq shox-shabbalar, turli chiqindilar yig‘ishtirilib, maxsus joylarga olib chiqildi. Daraxt va butalar tartibga keltirilib, ularning atrofidagi yerlar yumshatildi.

Xulosa qilib aytganda, “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilgan ushbu hashar tadbiri yuqori saviyada tashkil etilib, texnikum hududining yanada obod, toza va ko‘rkam bo‘lishiga munosib hissa qo‘shdi.