
Xiva turizm va madaniy meros texnikumida mustaqilligimizning 34 yilligi va yangi 2025-2026 oʻquv yili boshlanganligi munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi.
🔹Tadbirni texnikum direktori Gʻ. Roʻzmetov Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligiga va yangi oʻquv yiliga qabul qilingan oʻquvchilarga tabrik soʻzi bilan boshladi. Yoshlarga oʻz sohasining professional, yetuk mutaxassislari boʻlib yetishishini, oʻqishlarida va kelajak hayotlarida ulkan zafarlar tiladi. 
Keyin barcha guruhlarda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligiga bagʻishlangan "Mustaqillik darslari" bo'lib o'tdi.