

Urganch shahridagi “Avesto” majmuasida “Xorijda ish” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Xiva Turizm va madaniy meros texnikumi bitiruvchi guruh talabalalari ham yarmarkada faol ishtirok etishdi.
Tadbir davomida mas’ul tashkilotlar vakillari tomonidan xorijda ishlash tartibi, hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, mehnat shartnomasi tuzish hamda noqonuniy migratsiyaning salbiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, “Avesto” majmuasida tashkil etilgan yarmarkada xorijiy ish beruvchilar bilan hamkor tashkilotlar tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, talab etiladigan kasblar, til bilish darajasi va ish sharoitlari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi. Talabalar mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari xorijda ishlashda qonuniy yo‘lni tanlash muhimligini ta’kidlab o‘tdilar.


Ishtirokchilar Germaniya, Janubiy Koreya, Gollandiya, Turkiya, Xorvatiya, BAA kabi davlatlarda qonuniy va yuqori maoshli ish o‘rinlari bilan tanishib, bevosita ishga joylashish imkoniyatiga ega bo`lishdi.