
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xiva shahar boʻlinmasi rahbari L. Atajanova bilan Xiva turizm va madaniy meros texnikumi talaba-yoshlari o'rtasida “Ilm va ayol: barqaror jamiyat sari” mavzusida uchrashuv bo'lib o'tdi.

L. Atajanova so‘zga chiqib, bugungi kunda ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishiga yaratilayotgan imkoniyatlar, ma’naviy yetuklik va ijtimoiy faollik masalalari haqida batafsil ma’ruza qildi.
Talaba-qizlar — o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ilm olish va kelajak rejalari yuzasidan fikr almashdilar.