

Xiva turizm va madaniy meros texnikumida kiberjinoyatchilik va narkojinoyatchilikning oldini olish maqsadida joriy yilning 25-mart kuni Xiva shahar IIB bilan hamkorlikda pedagog xodimlar ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan kiberjinoyatlar turlari, xususan, internet firibgarligi, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, soxta havolalar va moliyaviy zarar yetkazuvchi sxemalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, narkojinoyatchilikning jamiyat va inson salomatligiga salbiy ta’siri, yoshlar orasida bu illatning oldini olish choralari keng yoritildi.

Ishtirokchilarga real hayotiy misollar asosida tayyorlangan videorolik namoyish etilib, unda kiber va narkojinoyatlarning oqibatlari aniq va tushunarli tarzda ko‘rsatib berildi. Tadbir davomida pedagog xodimlarga bunday holatlardan ogoh bo‘lish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, shubhali manbalardan ehtiyot bo‘lish hamda bu boradagi bilimlarni o‘z oila a’zolari va yaqinlariga ham yetkazish zarurligi ta’kidlandi.
Mazkur targ‘ibot tadbiri pedagog xodimlarning huquqiy va axborot savodxonligini oshirish, jamiyatda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan muhim profilaktik ahamiyatga ega bo‘ldi.