×
06-дек 2025 yil 14

8-dekabr Konstitutsiya kuni munosabati bilan "Konstitutsiya-inson qadri, erkinlik , tenglik va adolat garovi!" tadbiri o'tkazildi

     8-dekabr Konstitutsiya kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi
    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan, shuningdek “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” mavzusida Xiva Turizm va madaniy meros texnikumida keng qamrovli ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
   Tadbirda "Buxgalteriya hisobi va audit" hamda "Mehmonxona xo'jaligini tashkil etish va boshqarish" yo'nalishlari talabalari faol ishtirok etishdi.
   Tadbir yakunida ushbu tadbirda faol ishtirok etgan barcha talaba-yoshlar sertifikatlar hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi. 
   Mazkur tadbir yoshlar ongida Vatan, Konstitutsiya va qonunlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga, ularni ma’naviy va intellektual jihatdan qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech