8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Bahor nafasi - madaniyatlar uchrashuvi” tadbiri

Joriy yilning 6-mart kuni Xiva turizm va madaniy meros texnikumida 8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Bahor nafasi — madaniyatlar uchrashuvi” nomli keng qamrovli bayram tadbiri yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.


Tadbirda texnikumning Turizm, Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish hamda Sartarosh-modelyer yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar uch jamoaga bo‘linib, O‘zbekiston, Rossiya va Hindiston davlatlari madaniyatini sahna ko‘rinishlari orqali namoyish etdilar. Har bir jamoa o‘ziga xos milliy liboslar, urf-odatlar, an’analar, raqs va qo‘shiqlar orqali tanlangan mamlakat madaniyatini yorqin ifodalashga harakat qildi.


Tadbir davomida turli xalqlarning madaniyati, urf-odatlari va san’ati o‘zaro uyg‘unlikda namoyon bo‘lib, yoshlar qalbida boshqa millat vakillariga nisbatan hurmat va qiziqish tuyg‘ularini yanada kuchaytirdi.
Hakamlar hay’ati tomonidan chiqishlar adolatli baholanib, natijalarga ko‘ra Turizm yo‘nalishi jamoasi yuqori natija ko‘rsatib, “Yil guruhi” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi. Boshqa jamoalar ham faol ishtiroki, ijodkorligi va sahnadagi mahorati uchun yuqori baholandi.

Tadbir yakunida barcha ishtirokchi jamoalar texnikum ma’muriyati tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bu esa tadbirga iliq va quvonchli yakun yasadi.
Yana bir bor barcha ayollarimizni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!