

Xiva turizm va madaniy meros texnikumida haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” bo‘ganligi munosabati bilan Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Bobokalonov Suhrobjon Ramazanovich va Xorazm viloyati turizm boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A. Xo‘jayev ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Uchrashuvni Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Bobokalonov Suhrobjon Ramazanovich ochib berib, yoshlar bilan bevosita muloqot o‘rnatish, ularning fikr va takliflarini tinglash muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi hamda Bobokalonov Suhrobjon Ramazanovich mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi loyihalar va yosh mutaxassislarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi. U yoshlarni bilim olishga, xorijiy tillarni puxta egallashga hamda zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga chaqirdi.
Shuningdek, A. Xo‘jayev Xorazm viloyatida turizm infratuzilmasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda yoshlarni ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.


Talaba-yoshlar — o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va mulohazalari bilan murojaat qildilar. Mutaxassislar — yoshlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berdilar hamda zarur tavsiyalar berib o‘tdilar.