

Xiva turizm va madaniy meros texnikumida talaba-qizlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, milliy hunarmandchilik an’analarini targ‘ib etish hamda ayollar bandligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Xiva shahrida faoliyat yuritayotgan tajribali hunarmand — gilam to‘quvchi ayollar bilan seminar tashkil etildi. Tadbirda texnikum rahbariyati, maxsus fan o‘qituvchilari, “Qizlarjon klubi” a’zolari hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.
Mazkur uchrashuv talaba-qizlarda milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlash, hunarmandchilikka bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda ijodiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qildi. Kelgusida bunday seminar va mahorat uchrashuvlarini muntazam ravishda tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.

Tadbirning asosiy maqsadi talaba-qizlarni milliy hunarmandchilikka qiziqtirish, ularni kelgusida kasb-hunar egallashga undash hamda ayollar mehnatining qadriyat sifatidagi o‘rnini yoritishdan iborat bo‘ldi. Seminar jarayonida savol-javoblar tashkil etilib, talabalar hunarmand ayollarning ish tajribasi, daromad manbalari va o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasidagi maslahatlarini tingladilar.