Xorazm viloyati, Xiva shaxar Xiva sh. Oxunboboyev ko`chasi, 1-uy

  2026-yil 16-fevral kuni mamlakatimizda Afgʻonistondagi harbiy harakatlar tugatilganligining 37 yilligi munosabati bilan Xiva shahrida joylashgan “Motamsaro ona” haykali oldida xotira va ehtirom tadbiri tashkil etildi. Sana munosabati bilan respublikamiz bo‘ylab jangchi-faxriylar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar va xotira marosimlari o‘tkazildi. Tadbirda Xiva turizm va madaniy meros texnikumi rahbariyati, o‘qituvchilar jamoasi, talaba-yoshlar hamda nuroniylar va jangchi-faxriylar ishtirokida munosib tarzda nishonlandi. Tadbir avvalida 1979–1989-yillarda davom etgan Sovet-Afgʻon urushi haqida qisqacha tarixiy ma’lumot berildi. 1989-yil 15-fevral kuni harbiy harakatlar yakunlangani, ushbu urushda minglab harbiylar qatnashgani va ko‘plab insonlar halok bo‘lgani alohida qayd etildi.

   Tadbir doirasida “Motamsaro ona” haykali poyiga poyiga gulchambar va gullar qo‘yildi, halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirilib, bir daqiqalik sukut saqlandi.

   Mazkur xotira tadbiri yoshlar qalbida tarixiy xotiraga hurmat, tinchlikni asrash va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Tadbir O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasining Xiva shahar bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etildi. 

Manzil

  • Xorazm viloyati, Xiva shaxar Xiva sh. Oxunboboyev ko`chasi, 1-uy
  • +998 (99) 423-90-72
  • info@xiva-turizm.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Апрель 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930 

Yil dasturi

Texnikum manzili

File engine/modules/simple_dle_stats/index.php not found.