

Xiva turizm va madaniy meros texnikumida talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ma’naviy dunyoqarashni boyitish maqsadida “Kitob — mening do‘stim” mavzusida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda texnikum rahbariyati, axborot-resurs markazi xodimi hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Talaba-yoshlar o‘zlari mutolaa qilgan badiiy va ilmiy asarlar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazib, asar qahramonlari va ularning ibratli jihatlari haqida fikr almashdilar.


Tadbir yakunida talaba-yoshlarni muntazam ravishda kitob mutolaasiga jalb etish, har bir guruhda “Eng faol kitobxon” tanlovlarini o‘tkazish hamda kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ma’naviy-axloqiy kamolotini yuksaltirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.