Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Botir Ozodovich Saidov ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”


Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Botir Ozodovich Saidov Xiva shahrida hududning iqtidorli va faol yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini eshitish va kelgusi rejalar bo‘yicha ochiq muloqot tashkil etishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida viloyatning turli sohalarda faoliyat olib borayotgan yetakchi yoshlari turizm, ta’lim, tadbirkorlik, hamda ijtimoiy loyihalar borasidagi taklif va tashabbuslarini taqdim etdi. Rahbar tomonidan har bir fikr sinchiklab tinglanib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.


Tadbir yakunida yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida savol-javoblar o‘tkazilib, ularning takliflari bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi. Uchrashuv Xorazm yoshlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadigan, ularning faol jamiyatdagi rolini yanada kuchaytirishga xizmat qiladigan muhim platformaga aylandi.