
Xiva turizm va madaniy meros texnikumida Xiva shahar Adolat SDP rahbari M. Mahmudov va Baynalminal veterinat jangchilar Xiva bo‘limi raisi B. Matkarimovlar ishtirokida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “O‘zbekning mard o‘g‘lonlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Baynalminal veterinat jangchilar Xiva bo‘limi raisi B. Matkarimov tomonidan harbiy xizmatning muqaddas burch ekani, ajdodlarimizning jasorati va bugungi kunda Qurolli Kuchlar safida xizmat qilayotgan askarlarning fidoyiligi alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida yoshlarni Vatanga sadoqat, jasorat, mardlik va fidoyilik ruhida tarbiyalash, harbiy xizmatga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash masalalari keng yoritildi.