Xiva turizm va madaniy meros texnikumida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Ona tili - millat ko'zgusi” mavzusida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda o‘quvchilar, o‘qituvchilar faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ona tili va adabiyot fanidan dars beruvchi ustozlar tomonidan o‘zbek tilining shakllanish va rivojlanish bosqichlari, buyuk mutafakkir va adiblarimiz — Alisher Navoiy, Bobur, Furqat, Abdulla Qodiriy va boshqa ijodkorlarning til taraqqiyotiga qo‘shgan bebaho hissasi haqida mazmunli ma’ruzalar qilindi. Shuningdek, zamonaviy jamiyatda til madaniyati, nutq savodxonligi va rasmiy hujjatlar tiliga qo‘yiladigan talablar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Mazkur tadbir talaba-yoshlarni ona tiliga muhabbat ruhida tarbiyalash, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash tuyg‘ularini mustahkamlash hamda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi.