
2026-yil 19-fevral kuni Xiva turizm va madaniy meros texnikumida fevral oyi — “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarining tarqalishiga qarshi kurash oyligi” doirasida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda keng qamrovli targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi talaba-yoshlarni giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida xabardor qilish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.

Ishtirokchilarga giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar va ular uchun belgilangan javobgarlik choralari haqida ham tushuntirish berildi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 270-276-moddalari asosida nazarda tutilgan jazo choralarining mazmuni va ahamiyati keng yoritildi.
Tadbir davomida mavzuga oid videoroliklar namoyish etilib, real hayotiy misollar orqali giyohvandlikning ayanchli oqibatlari ko‘rsatib berildi. Talaba-yoshlar faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar hamda mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar.

Mazkur targ‘ibot tadbiri talaba-yoshlarning ongida giyohvandlikka qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy bilimlarini oshirish hamda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qildi.