

Xiva turizm va madaniy meros texnikumida “ Alisher Navoiy — so‘z mulkining sultoni ” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan tashkil etildi. Tadbir gid-tarjimon, turizm hamda mehmonxona xo‘jaligi yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirokida yuqori saviyada o‘tkazildi.
Tadbirni texnikum direktori G‘. Ro‘zmetov ochib berib, Alisher Navoiy o‘zbek mumtoz adabiyotining buyuk namoyandasi, turkiy til nufuzini yuksaltirgan ulug‘ mutafakkir ekanini ta’kidladi.
Tadbir davomida buyuk mutafakkirning g‘azallari badiiy ifoda bilan ijro etildi, shoir hayoti va ijodini yorituvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi hamda milliy raqslar orqali milliy qadriyatlarimiz keng targ‘ib qilindi. Mazkur “Alisher Navoiy — so‘z mulkining sultoni” nomli tadbir mazmunan boy, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, ishtirokchilarda buyuk shoir ijodiga bo‘lgan hurmat va qiziqishni yanada mustahkamladi. Tadbir davomida yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, adabiy merosni chuqur o‘rganish zarurligi ta’kidlandi. 

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talaba yoshlar faxriy yorliq hamda estalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar!