

Xiva turizm va madaniy meros texnikumida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy seminar tashkil etildi. Seminarda viloyat diniy qo‘mita raisi Aybek Vaisov hamda Xiva shahar hokimligi ma’naviyat bo‘limi xodimi Jamshidbek Matniyozov ishtirok etdilar. Ular tomonidan bugungi globallashuv sharoitida yoshlarni turli salbiy ta’sirlardan asrash, ularning ongida mustahkam hayotiy pozitsiya va ma’naviy qadriyatlarni shakllantirish masalalari yuzasidan atroflicha fikrlar bildirildi. Seminar davomida ishtirokchilarga jaholat, ekstremizm va boshqa salbiy g‘oyalarning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, bunday tahdidlarga qarshi kurashishda ma’rifatning o‘rni beqiyos ekani tushuntirildi.
Mazkur tadbir yoshlar ongida ma’naviy immunitetni mustahkamlash, ularni ongli, bilimli va vatanparvar shaxs sifatida tarbiyalashga xizmat qildi.
Ma’rifat — eng kuchli qurol!