




2026-yil 18-mart kuni Xiva turizm va madaniy meros texnikumida Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan “Navro‘z sayli” katta ko‘tarinkilik ruhida, keng qamrovda tashkil etildi. Tadbirda texnikum rahbariyati, o‘qituvchilar jamoasi, talaba-yoshlar hamda mehmonlar ishtirok etdilar.
Bayram tadbiri milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, yoshlar ongida ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, jamoada hamjihatlik va do‘stlik muhitini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
Shuningdek, tadbir doirasida hunarmandchilik buyumlari, milliy kiyimlar va san’at asarlari ko‘rgazmalari tashkil etilib, yoshlarning ijodiy ishlari keng jamoatchilikka taqdim etildi. Faol ishtirok etgan talabalar va jamoalar turli nominatsiyalar bo‘yicha rag‘batlantirildi.
Mazkur “Navro‘z sayli” tadbiri yoshlar qalbida milliy qadriyatlarga hurmat, Vatanga sadoqat, an’analarga sodiqlik hamda jamoaviylik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Tadbir yuqori saviyada, uyushqoqlik bilan tashkil etilib, barcha ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.