Xorazm viloyati, Xiva shaxar Xiva sh. Oxunboboyev ko`chasi, 1-uy

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-martdagi “2022-yilda turizm va madaniy meros obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 110-sonli qaroriga asosan Xiva turizm va madaniy meros texnikumini rekonstruksiya qilish vazifasi belgilangan.

Xorazm viloyati turizm va madaniy meros boshqarmasi boshlig'i birinchi o'rinbosari Azamat Xujayev hamda Xiva shahar hokimi Temur Davletov Xiva shahar turizm va madaniy meros texnikumiga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan ta'mirlash-jihozlash ishlari bilan tanishdilar.

Bugungi kunda muassasa GIZ (Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti) tashkiloti grant mablag'lari asosida turizm sohasida kasbga o'qitishga ixtisoslashtirilgan “Restoran xizmati”, “Adminstratorlik ishi” hamda “Mehmonxona yo‘nalishida xizmatlar ko‘rsatish”, "Turoperator, turagent", "Gid hamrohligi, tarjimon", "Buxgalteriya-audit" o‘quv-amaliyot xonalari hamda "Zakovat" klubi tashkil etilib, to‘liq jixozlangan.

Ta'kidlash joizki, Xiva shahar turizm va madaniy meros texnikumi viloyatimiz turizm sohasiga o'rta bo'g'in malakali kadrlarni yetkazib beruvchi yetakchi ta'lim muassasi hisoblanib, texnikum har yili Germaniya, Irlandiya va Shvesariya davlatlari bilan turizm sohasiga kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo'yicha doimiy qo'shma loyihalarni amalga oshirib keladi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Xiva shaxar Xiva sh. Oxunboboyev ko`chasi, 1-uy
  • +998 (99) 423-90-72
  • info@xiva-turizm.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июль 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 

Yil dasturi

Texnikum manzili

File engine/modules/simple_dle_stats/index.php not found.